Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda Covid-19 uchun yangi test ishlab chiqildi
2.05.2020 14:17,  
202

AQSh qurolli kuchlarida ishlaydigan olimlar Covid-19 infetsiyasini boshqalarga yuqtirmasdan turib aniqlab beradigan test tizimlari ishlab chiqdi. Bu haqda tadqiqotchilarga tayanib Guardian nashri xabar bermoqda. 

Nashrning ta’kidlashicha, sinov AQSh Mudofaa vazirligining Ilmiy tadqiqotlar loyihalari byurosi (DARPA) tomonidan biologik yoki kimyoviy qurol yordamida zaharlanishni erta aniqlash bilan shug‘ullanadigan loyiha doirasida ishlab chiqilgan. Pandemiya e’lon qilingandan so‘ng, loyiha tezda qayta tuzildi.

Loyihaning koordinatorlari yangi test, infeksiyadan keyin 24 soat ichida, alomatlar paydo bo‘lishidan oldin va odam kasallik tashuvchi bo‘lishidan bir necha kun oldin uning qonida aniqlay olishini aytishdi. Bu hozirda ishlatilayotgan virusni aniqlashlash testlaridan taxminan to‘rt kun oldin natijalarni chiqarib beradi. AQSh oziq-ovqat va dori-darmonlar agentligi (FDA) bir hafta ichida favqulodda holatlarga oid sinovlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma berishi kutilmoqda.

"Ushbu loyiha dunyo bo‘ylab (koronavirusga - sof.uz) tashxis qo‘yishdagi bo‘shliqni to‘ldiradi", - dedi nashrga DARPA Biologik texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Bred Ringeisen. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar sinov FDA tomonidan ruxsat olinsa, bu "mutlaqo yutuq" bo‘lishi mumkin. DARPA , infeksiyaning dastlabki bosqichlarida sinov samaradorligini aniqlash uchun uni amalda sinab ko‘rish kerak deb hisoblaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан