Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda dunyodagi eng keng ko‘lamli COVID vaksinasining sinovi boshlandi (video)
28.07.2020 06:38,  
1454

27 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Moderna biotexnologiya kompaniyasining koronavirus vaksinasini sinashning uchinchi, yakuniy bosqichi boshlandi. Bu haqda kompaniya saytida chop etilgan xabarda aytilgan.

Klinik tadkikotlar 30 ming kishini qamrab oladi, u 1: 1 nisbatda ixtiyoriy tanlangan (randomizatsiyalangan) platsebo nazorati ostida olib boriladigan tadqiqot usuli bo‘yicha o‘tkaziladi.

Associated Press qayd etganidek, bu SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasining dunyodagi eng keng ko‘lamli klinik tadbiri bo‘ladi.

 

Vaksinani yaratish uchun Moderna AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligining biologik tadqiqotlar bo‘limidan 483 million dollar olgan va shu bilan birga klinik sinovlarning uchinchi bosqichi nisbatan kam sonli ko‘ngillilarda bo‘lib o‘tadi deb taxmin qilingan.

Biroq, Oziq-ovqat va farmatsevtika (Food and Drug Administration) idorasi ishtirokidagi munozaralar va maslahatlashuvlar paytida tomonlar uchinchi bosqichda sinovlar hajmini sezilarli darajada oshirishga qaror qilishdi. Buning uchun kompaniya qo‘shimcha 472 million dollar ajratdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан