Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda dunyoning eng yirik shakar zavodlaridan birida yong‘in chiqdi
28.08.2020 19:09,  
119

AQShning Luiziana shtatida dunyodagi ikkinchi yirik shakar ishlab chiqaradigan Domino Sugar zavodida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Fox News telekanali.

Unga ko‘ra, yong‘in shakar saqlanadigan omborda boshlangan. O‘sha paytda korxonada 130 zavod ishchilari bo‘lgan, ular evakuatsiya qilingan, hech kim zarar ko‘rmagan.

Yong‘in o‘chiruvchilar tezda voqea joyiga yetib keldi va uch soat ichida olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Domino shakar zavodi 1909 yilda Missisipi qirg‘og‘ida tashkil etilgan. Korxona yiliga 90 ming tonnadan ortiq shakar qamishga ishlov beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан