Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda emlash hozirgi tezlikda davom etsa, salkam 10 yilda yakunlanadi — OAV
2.01.2021 19:09,  
158

Amaldagi emlash tezligi bilan AQShdagi ommaviy vaksinatsiya 10 yildan so‘ng yakunlanadi. Bu haqda 30-dekabr, chorshanba kuni NBS News xabar qildi"- deb yozmoqda Daryo.uz.

“NBS News tomonidan AQSh ma’muriyatining COVID-19 vaksinasi dasturining hozirgi sur’ati asosida olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklarni emlash va pandemiyani nazorat ostiga olish uchun deyarli 10 yil vaqt ketadi”, — deyiladi xabarda.
Mamlakatdagi jurnalistlar pandemiya bilan kurashish uchun o‘n yil davom etadigan Insredible Speyed deb nomlangan emlash operatsiyasini tanqid qilmoqda. Ta’kidlanishicha, Insredible Speyed operatsiyasi iyun oyiga qadar 330,7 million AQSh aholisining 80 foizini koronavirusga qarshi emlashga mo‘ljallangan.
“Ushbu maqsadga erishish uchun har kuni 3 milliondan sal ko‘proq odamni emlash kerak. Biroq so‘nggi ikki hafta ichida 11,5 million dozada atigi 2 millionga yaqin odam emlanadi”, — deyiladi xabarda.
Hozirga qadar emlanganlarning aksariyati qariyalar uyida yashovchilar va u yerning xodimlari.
AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden emlash ishlarini tezlashtirish uchun harbiy holatdan foydalanishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda 14-dekabr kuni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari (SDS) ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil oxirigacha Amerika hukumati 40 million kishini emlashni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан