Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda epidemiya boshidan beri sutkalik antirekord yangilandi
27.06.2020 18:48,  
1193

O‘tgan sutka AQShda 40.8 ming kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu epidemiya boshlangandan beri mamlakatdagi eng yuqori sutkalik o‘sish ko‘rsatkichi sanaladi. Bir sutka oldin yangi kasallanish holatlari soni 35 mingni tashkil qilgan edi. Hozir mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2.4 mln.ga, virus tufayli vafot etganlar soni esa 125 ming kishiga yetdi.

O‘tib borayotgan hafta AQShda kunlik koronavirusga chalinish holatlari birdan o‘sib ketdi. Mutaxassislar buni koronavirusning ikkinchi to‘lqini deb baholashmoqda. Bir nechta shtatlar karantin qoidalarini qaytadan joriy etishdi.

AQSh bir necha oydan beri koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Undan keyingi o‘rinlarni Braziliya (1.2 mln. kasallanish, 55 ming o‘lim), Rossiya (617 ming kasallanish, 8.7 ming o‘lim) band qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан