Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda ham, Yevropada ham davlat rahbariga qarsak chalishadi
25.01.2020 10:25,  
1719

Kechagi murojaatda ham, o‘tgan kungi Oliy Majlisdagi chiqishlarda ham, Prezident nutqi jarayonida ko‘p qarsak chalishganiga salbiy munosabatlar bildirilayapdi. Aslida, butun dunyoda davlat rahbarlarining katta jamoatchilik oldida chiqish qilishi – siyosiy shou hisoblanadi.

Masalan, Amerikada, Prezidentning Kongressdagi chiqishlari jarayonlarida, kamida 40-50 martalab qarsak chalib, uni nutqini bo‘lishadi. Fransiyada ham shunday. Angliyada esa, Bosh vazirni chiqish qilishi – dunyoda o‘xshovi yo‘q shou hisoblanadi.

Agar Prezident nutqi jarayonida hech qanday qarsak bo‘lmasa ham, zal va siyosiy muhit o‘lik ko‘ringan bo‘lardi. Agar qasaklar soxta bo‘lsa, ya’ni, oddiy fikrga ham chalinsa – bu ham jamoatchilikda salbiy qabul qilinadi.

Bugungi Prezident murojaatida, jamiyat uchun dolzarb konseptual g‘oyalar, tashabbuslar va takliflar aytildi. Zaldagilarning yangi takliflarni qarsaklar bilan qabul qilishi – Prezidentni islohotlar siyosatiga qo‘llov, hamda, yangi loyihalarga chorlovchi chaqiriq ham hisoblanadi.

Menimcha, o‘zbekistonliklar ham, butun dunyodagi kabi, qarsaklarni siyosiy tomosho, davlatchilik ruhiyatini parvarishlash an’anasi sifatida qabul qilishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан