Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda IShIDga aloqador o‘zbekistonlik 12,5 yilga qamaldi
16.01.2021 10:14,  
190

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A.R. IShIDga aloqadorlikda ayblanib, 12 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Nyu-York Adliya boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, A.R. Nyu-York federal sudi oldida Iroqdagi "Islomiy davlat"ga moddiy yordam berishni rejalashtirganini tan olgan. U jazoni o‘tab bo‘lgach, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

Qayd etilishicha, A.R. masalasi aslida yana bir necha o‘zbekistonlikni o‘z ichiga olgan katta bir ishning bir qismi hisoblanadi. A.R. ning sheriklari A.J. va A.S. Suriyaga borib jang qilishni rejalashtirganlikda ayblangan. A.R. va A.H. esa, aynan A.S.ni yo‘l xarajatlari va qurol sotib olish uchun mablag‘ bilan ta’minlagan. Shuningdek,  A.R. boshqa sheriklardan ham mablag‘ yig‘ishga harakat qilgan.

Sud hujjatlarida A.S. ning ketishi oldidan A.R. yana bir sherigi A.Z. ning bankdagi shaxsiy hisob raqamiga 400 dollar o‘tkazgani aytilgan. Bu mablag‘ Suriyaga ketayotgan A.S. uchun ekani isbotlangan.

A.J., A.S., va A.Z. lar ayblovlarni ancha oldin bo‘yniga olgan. A.J. va A.S. 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан