Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni 2 milliondan oshdi
11.06.2020 12:32,  
104

AQShda umumiy koronavirus holatlari 2 milliondan oshdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash rasmiylari bir necha haftadan beri davom etayotgan ommaviy namoyishlarda ishtirok etgan har bir kishini tekshiruvdan o‘tishga chaqirmoqda.

Reuters tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, besh haftalik pasayishdan so‘ng milliy miqyosda yangi infeksiyalar biroz ko‘paymoqda.

Iyun oyida eng ko‘p aniqlanish holati 5 iyunga to‘g‘ri kelmoqda, aynan shu kuni rekord darajada ko‘p - 545 690 kishi koronavirus testini topshirgan.

AQShda birinchi koronavirus infeksiyasi yanvar oyida qayd etilgan edi. Kuniga o‘rtacha 30 mingdan yangi holat aniqlangan aprel oyining 28 kuni mamlakatda umumiy koronavirus holatlari soni bir millionga yetdi. May oyida esa kunlik o‘rtacha 23 mingta holatni tashkil qildi. Shu vaqtga qadar iyun oyida har kuni o‘rtacha 21 mingdan yangi koronavirus holatlari tasdiqlangan.

Amerikada 112 ming kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан