Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda koronavirus tufayli halok bo‘lganlar soni I Jahon urushidagi yo‘qotishlardan oshib ketdi
17.06.2020 11:03,  
179

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Covid-19 koronavirusi tufayli o‘limlar soni Birinchi Jahon urushi davrida Amerika armiyasining yo‘qotishlaridan oshib ketdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Birinchi jahon urushi paytida AQShning yo‘qotishlari 116,516 kishini tashkil etgan.

Koronavirusga oid statistik ma’lumotlarni olib boradigan Amerikaning Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 116 905 amerikalik Covid-19 tufayli vafot etgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari infeksiya tufayli vafot etganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda 2,1 million kishi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh Braziliya (923 ming), Rossiya (544,7 ming), Hindiston (343 ming) va Buyuk Britaniyadan (deyarli 300 ming) oldinda turibdi.

O‘lim darajasi bo‘yicha yetakchi beshlikka Braziliya (45,2 ming), Buyuk Britaniya (42 ming), Italiya (34,4 ming) va Fransiya (29,5 ming) kiradi.

5 iyun kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakat koronavirus epidemiyasini deyarli yengganini va pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash zarurligini ta’kidlagan edi. Bir necha kun oldin davlat rahbari koronavirus infektsiyasi va uning asoratlari oqibatida o‘lim holatlari AQShda kamayayotganini aytdi.

Vashington universiteti O‘lchov va tahlil tizimlari instituti olimlarining fikricha, shu yilning oktabriga qadar AQShda virus tufayli vafot etganlar soni 200 mingdan oshishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан