Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda koronavirusdan ilk marotaba o‘lim holati qayd etildi
1.03.2020 11:09,  
435

Vashington shtati (AQSh) sog‘liqni saqlash departamentining ma’lum qilishicha, 29 fevral, shanba kuni mamlakatda COVID-19 koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda ABC News hamda The Daily Beast xabar bermoqda.

Vafot etgan shaxs 50 yoshli ayol bo‘lib, avvalroq u “yuqori havf omillariga ega bemor” deb tasniflangan edi. Koronavirus yuqtirib olgan yana 4 ta bemor og‘ir holatda ekanligi qayd qilingan.

Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda koronavirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 60 dan oshadi.

Avvalroq prezident Donald Tramp ma’muriyati Kongressdan koronavirus bilan kurashish uchun $2,5 mlrd so‘ragan edi. Ta’kidlanishicha, ushbu mablag‘ning $1 mlrdi koronavirus vaksinasini topish uchun laboratoriya tadqiqotlariga ajratiladi.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 koronavirusi dunyo bo‘ylab, 85 mingdan ortiq odamda qayd etilgan. Xitoyning o‘zida 79 ming kishi. Epidemiya 40 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан