Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda koronavirusdan o‘lganlar 200 ming kishidan kamroq bo‘lsa, bu yaxshi ko‘rsatkich – Donald Tramp
30.03.2020 12:37,  
980

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni qachon eng yuqori pallasiga chiqishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat yoz oylarining boshida yuz beradi. Lenta.ru nashrining yozishicha, Tramp shu yilning 1 iyunidan keyin AQShda tiklanish boshlanishini ma’lum qilgan. “Agar omadimiz kelsa, ertaroq ham bo‘lishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi Donald Tramp.

AQSh prezidenti avvalroq, ikki haftada davomida mamlakatda virusdan vafot etganlar soni ham eng yuqori pallaga chiqishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatning taxminiy rivojlanishi modeli shunday natijalarni ko‘rsatmoqda. Tramp, shuningdek, agar AQShda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar 200 ming kishidan kamroq bo‘lsa, bu yaxshi ko‘rsatkich hisoblanishini qo‘shimcha qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 140 ming kishidan ortib ketdi hamda mamlakat bemorlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Bemorlarning 2,4 ming nafari vafot etdi, 3 mingga yaqini esa davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан