Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda koronavirusdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni qancha?
23.09.2020 11:43,  
728

AQSh da o‘lganlar soni 200 mingdan ortdi, orasida o‘zbekistonliklar ham bor - bunaqasi halicha jahonning hech bir davlatida kuzatilmagan. AQSh dunyoning yuz minglab o‘zbekistonliklar yashab, ishlab va o‘qiyotgan sanoqli mamlakatlaridan biri bo‘ladi. Xuddi shu manzarada Amerika Qo‘shma Shtatlarida koronavirusga chalinganlar soni jami 7 millionga yaqinlashdi.

Bu haqda Bi-Bi-Si maqolasi bilan tanishing. 

AQSh hozir ham dunyoning koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatiligicha qolmoqda. Shu kunlarda yana qator shtatlarida koronvirus yuqtirish hollari jiddiy ortgan. Bu ham raqamlardagi so‘nggi o‘zgarishlarga ta’sir qilmay qolmagan.

Orada Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi koronavirus hollarining uchdan bir qismi Nyu-Yorkka to‘g‘ri kelishi aytilgan. Aynan Nyu-Yorkda Amerikadagi eng ko‘p o‘zbekistonliklar yashab, istiqomat qilishadi. Ularning sonlari bir necha o‘n mingga nisbat beriladi.

Shu paytgacha Amerika Qo‘shma Shtatlarida koronavirusdan vafot etganlarning uch nafari o‘zbekistonlik ekani rasman tasdiqlangan. Chetda koronavirusdan vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq rasman tasdiqlangan ilk o‘lim holati ham Amerika Qo‘shma Shtatlarida kuzatilgan.

O‘shanda O‘zbekiston chetdagi fuqarolari koronavirus sabab hayotdan ko‘z yumgan birinchi mintaqa davlatiga ham aylangandi. Rasmiy Toshkent xorijda koronavirusga chalingan fuqarolari haqidagi ilk ma’lumotni shu yil aprel oyida e’lon qilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotida chetda eng ko‘p (10 nafar) koronavirus yuqtirganlar soni aynan Amerika Qo‘shma Shtatlari hisobiga to‘g‘ri kelishi ko‘rilgan. Xuddi o‘sha oyda vazirlik to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosining xorijda koronavirusdan vafot etganini rasman tasdiqlagan.

Bu o‘lim hollarining uchtasi ham Amerika Qo‘shma Shtatlarida qayd etilgani ma’lum bo‘lgan, ularning barchasi o‘sha yerning o‘zida tuproqqa qo‘yilgandi.

Orada kechgan vaqt davomida shtatlarda yana qancha O‘zbekiston fuqarosining koronavirusga chalingani va virus sabab, hayotda ko‘z yumganiga oid aniq ma’lumotlar hozircha imkonsiz.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati o‘z izlanishlari jarayonida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘nlab o‘zbekistonliklar o‘zlarini koronavirusga tekshirtirishayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Xuddi shu mavzuni yoritishi manzarasida dunyoning boshqa ko‘plab davlatlari misolida bo‘lgani kabi AQSh da ham umumiy ma’lumotlar bilan cheklanilayotgani anglashilgandi.

Tramp, AQSh va koronavirus

O‘lim ko‘rsatkichlaridagi so‘nggi o‘zgarishlarni AQSh Prezidenti Donald Tramp ham bee’tibor qoldirmagan, o‘zining munosabatini bildirgan. "Bu - dahshatli narsa" ekanini aytarkan, yana "Xitoy virusni jilovlab qolmagani"ni iddao qilgan.

Xuddi shu fonda o‘zining koronavirusga oid siyosatini himoya qilishni ham unutmagan. Donald Trampning da’vo qilishicha, chora ko‘rishgan, aks-holda o‘lim ko‘rsatkichlari "ikki, ikki yarim va hatto uch millionga yetishi mumkin bo‘lgan".

Amerika Qo‘shma Shtatlarida ilk koronavirus holati rasman shu yilning yanvar oyida qayd etilgan. Orada kechgan vaqt davomida AQSh prezidentining pandemiyaga yondashuvi jiddiy tanqidlar ostida qolib kelgan.

AQSh prezidentligiga Demokratchi nomzod Jo Bayden ham shu hafta dushanba kuni yana bir bor ushbu masalaga qaytgan. "Donald Trampning yolg‘onlari va o‘z ishini eplay olmayotgani bois, Amerika tarixidagi eng yirik insoniy yo‘qotishlardan biriga guvoh bo‘lib turganliklari"ni aytgan.

Jo Baydenga ko‘ra, "bu kabi rostmana inqiroz prezidentdan jiddiy boshqaruvni talab qiladi. Bu ish Trampning qo‘lidan kelmagan. Qotib qolgan. O‘z vaqtida chora ko‘rmagan. Vahimaga tushib qolgan. Buning badalini Amerika to‘lagan. Dunyoning boshqa biror bir davlati bu kabi ahvolga tushmagan".

Saylovlardagi raqibining bu tanqidlarini Donald Tramp ham bejavob qoldirmagan, xuddi o‘sha kunning o‘zida chiqish qilgan. "O‘zi va ma’muriyati "ajoyib ish" qilganligini bayon qilgan, pandemiyani a’loga uddalagani"ni aytgan.

Donald Trampning aytishicha, AQSh "vaksina bo‘ladimi-yo‘qmi, pandemiyaga bas kelishning uddasidan chiqmoqda".

O‘zbekiston, migratsiya va koronavirus

Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘zbekistonliklari doxil Amerikadagi o‘zbeklarning taxminiy soni hozir deyarli uch yuz ming kishiga yetay, deb qolgan. Ulardan aksariyatini esa, Grin-karta yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash huquqini qo‘lga kiritganlari tashkil etishadi.

Amerikada yashab, mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar orasida yetakchi olimlar, ishbilarmonlar, turli xalqaro va jamoat tashkilotlar vakillari maqomida bo‘lganlari, nufuzli universitetlarida tahsil olayotganlari ozmuncha emasligi aytiladi.

O‘zbekistondagi "Ijtimoiy fikr" tadqiqot markazining so‘nggi so‘rovlaridan biri Amerikaga ketish istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni ortib borayotganiga dalolat qilgan. 

Bugun xorijda turli ish, yumush va tahsilda band o‘zbekistonliklar soni millionlarga nisbat beriladi. Bu kabi holat Markaziy Osiyoning qolgan biror bir davlati misolida ko‘rilmaydi.

Koronavirus hozirga kelib dunyoning eng ko‘p sonda o‘zbekistonliklar hozir bo‘lgan barcha davlatlariga kirib borib bo‘lgan.

Ularning orasida birgina mehnat muhojirligida band O‘zbekiston fuqarolarining soni rasman ikki milliondan ortishi aytiluvchi Rossiya ham bor. Rossiya joriy paytda eng ko‘p koronavirus hollari qayd etilayotgan sobiq Sho‘ro davlati bo‘ladi.

Hozirga kelib, Rossiyada ja’mi koronavirus ko‘rsatkichlari bir milliondan ortgan, o‘lim hollari esa, umumiy hisobda bir millionga yaqinlashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан