Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 150 mingdan oshdi
30.07.2020 09:22,  
111

Amerika Qo‘shma Shtatlarda yangi koronavirus keltirib chiqargan infeksiya tufayli 150 mingdan ortiq odam vafot etdi. Koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida yuritadigan Jon Xopkins universitetining chorshanba kungi ma’lumotlari bundan darak bermoqda. 

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda AQShda 150 034 kishi COVID-19 tashxisi bilan vafot etdi. Umumiy hisobda 4 396 030 kishiga infeksiya yuqqan.

AQShning bir qator shtatlari, jumladan Florida, Arizona, Texas va Kaliforniya virusning tez tarqalishini kuzatmoqda. Ulardan ba’zilarida kuniga maksimal infeksiyalar soni so‘nggi haftalarda bir necha bor yangilandi. Shu sababli, davlat organlari karantin cheklovlarini yumshatish yoki olib tashlash bo‘yicha ilgari boshlangan jarayonni to‘xtatib qo‘ydilar.

COVID-19 kasalligining tarqalishi Markaziy Xitoyda 2019 yil oxirida qayd etilgan va ko‘pgina mamlakatlarga tarqaldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti buni 11 mart kuni pandemiya deb e’lon qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан