Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda koronavirusga chalinganlar soni 5 mln.ga yetdi
9.08.2020 16:59,  
125

AQShda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 5 milliondan ortdi. Bu haqda The New York Times va Reuters agentliklari xabar bermoqda. Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich hali ham 4,99 million atrofida, 160 mingdan ortiq odam vafot etgan. Braziliyada esa, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kasallikka chalinganlar soni 3 milliondan oshgan, vafot etganlar - 100 ming.

AQSh va Braziliya infeksiyaga chalinganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallaydi. Bemorlar soni bo‘yicha Hindiston (2,1 million), Rossiya (881 ming) va Janubiy Afrika (553 ming) ham yetakchilik qilmoqda. AQSh va Braziliyadan keyin o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha Meksika (51 ming), Buyuk Britaniya (47 ming) va Hindiston (43 ming) turibdi.

Umuman olganda, dunyoda taxminan 19,5 million kishi koronavirusni yuqtirgan. 720 mingdan ortiq odam vafot etdi, iyul oyida 8 milliondan ortiq infeksiya qayd etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан