Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda koronavirusga qarshi emlash boshlandi
14.12.2020 22:23,  
118

AQShda 14 dekabrda koronavirusga qarshi birinchi emlash o‘tkazildi. Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi Nyu-Yorkning Kuins tumanidagi shifoxona hamshirasi Sandra Lindsiga kiritildi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp e’lon qildi. 

Shu munosabat bilan Nyu-York shtati ma’muriyati tashkil etgan jonli efir vaqtida gubernator Endryu Kuomo “bu vaksina Nyu-Yorkda va ehtimol, AQShda qilingan birinchi vaksina” ekanini ta’kidlab o‘tgan. “Bu vaksina juda muhim, chunki, o‘ylashimcha, uning qo‘llanishi pandemiyaga qarshi urushning yakunlanishini boshlab beradi. Bu kitobning yakuniy bobidir”, deb aytgan Kuomo.

AQShda 11 dekabrda Pfizer va BioNTech vaksinasini qo‘llashga ruxsat berilgandi. Tegishli mutaxassislar vaksinaning samaradorligi ikkinchi dozasi kiritilgandan keyin 95 foizni tashkil qilishi tasdig‘ini olishgan. 

Bir kishiga ikki doza vaksina kiritish talab etiladi. Ular 21 kun oraliq bilan kiritiladi.  

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish bo‘yicha 170ga yaqin loyiha amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан