Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda koronavirusning ehtimoliy vaksinasi odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
15.07.2020 13:50,  
578

Covid-19 uchun potensial davo bo‘lgan mRNA-1273 vaksinasi sinovida qatnashgan jami 45 kishida dori kuchli immunitet reaksiyasini qo‘zg‘ata oldi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda. 

Sinovlar Amerikaning Moderna biotexnologiya kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi. 

Shunday qilib vaksina qabul qilgan bemorlar neytrallashtiruvchi antitanachalarni ishlab chiqardilar, bu olimlarning fikriga ko‘ra yangi koronavirus uchun immunitetni shakllantirishda muhimdir. Ta’kidlanishicha, sinov qatnashchilari uch guruhga bo‘lingan, ularning har biri mos ravishda 25, 100 yoki 250 mkg vaksinaning ikkita dozasini olgan. 

"Ikki marta emlashdan so‘ng, vaksina barcha guruhlardagi barcha ishtirokchilarda kuchli immunitetni shakllantirdi", - deydi Moderna mutaxassislari. 

Kompaniyaning ta’kidlashicha, 250 mkg dozani olgan guruh bemorlarida neytrallanadigan antitanachalar darajasi COVID-19 dan davolangan bemorlarga qaraganda to‘rt baravar yuqori.

Shu bilan birga, mRNA-1273 odatda yaxshi ta’sir qilgan bo‘lsa ham, ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi yengil yoki o‘rtacha alomatlar, jumladan, charchoq, mushak og‘rig‘i yoki ineksiya joyidagi og‘riqlar haqida xabar berishdi.

Ta’kidlanishicha, immunitet reaksiyalarini baholash hali davom etadi va ikkinchi emlashdan so‘ng sinovlar ishtirokchilari bir yil davomida kuzatib boriladi.

30 ming kishi qatnashadigan keyingi sinov bosqichini Moderna 27 iyuldan boshlashni rejalashtirmoqda. Tajriba guruhidagi bemorlar sinovning birinchi kunida va yana 29 kundan keyin kuniga ikki marta 100 mkg vaktsinani qabul qiladilar. Shu bilan birga, ayrim bemorlarga platsebo ham beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан