Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda nasroniylar soni kamayyapti
18.10.2019 17:48,  
646

“Pyu tadqiqot markazi” o‘tkazgan so‘rovdan ma’lum bo‘lishicha, AQShda o‘zini nasroniy deb hisoblovchilar soni oxirgi 10 yilda 12 foizga kamaygan.

2018-2019 yillarda o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan amerikaliklarning 65 foizi o‘zining nasroniy diniga mansubligini aytgan. Ateistlar, agnostiklar yoki o‘zini hech qaysi dinga mansub deb bilmaydiganlarning soni esa oxirgi 10 yilda 9 foizga ortib, 26 foizga yetgan.

Nasroniylar sonining kamayishi ham protestantlar, ham katoliklar orasida kuzatilgan. 2009 yilda protestantlar soni 51 foizga teng edi, hozir esa – 43 foiz. Katoliklar soni esa 25 foizdan 20 foizga tushib qolgan.

Ayni paytda cherkovga qatnovchilar soni ham kamaygan. So‘rovnoma ishtirokchilarning uchdan bir qismi cherkovda bir oyda 1-2 marta, qariyb uchdan ikki qismi esa yilda faqatgina bir necha marta borishini aytgan.

2009 yilda AQSh aholisi deyarli 233 million va uning 77 foizi nasroniy edi. Hozir mamlakat aholisi soni 256 millionga yetdi, nasroniylar soni esa – 65 foiz.

AQSh aholisining 2 foizi yahudiylar va 1 foizi musulmonlardan iborat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан