Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda nega norozilik namoyishlari bo‘lyapti? (video)
1.06.2020 11:15,  
786

25 may kuni Minnesota shtatining Minneapolis shahrida qora tanli bir shaxsning do‘konda soxta pul ishlatishga uringani haqida politsiyaga ma’lumot kelib tushdi.

Politsiya zudlik bilan hududga kelib, do‘kon tashqarisidagi mashinada o‘tirgan 46 yoshli Jorj Floydni hibsga oladi. Politsiyaning da’vo qilishicha, Floyd politsiyaga qarshilik ko‘rsatib, mashinaga chiqishni istamagan.

Shundan so‘ng politsiyachilardan biri Floydni yerga yotqizib, bo‘ynini tizzasi bilan bosib oladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ma’lum bo‘lishicha, politsiyachi qora tanli fuqaroning tomog‘ini 8 minut oyog‘i bilan bosib turgan. Nafas ololmayapman, to‘xtating, deyishiga qaramay, politsiyachi uni qo‘yib yubormagan. Natijada Floyd voqea joyida vafot etgani aytilmoqda.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgach, dastlab Minneapolis shahrida tinch namoyishlar boshlandi. Kechga borib u zo‘ravon tus oldi. Shahardagi ko‘plab bizneslar vayron qilindi, ularga o‘t qo‘yildi va hatto talon-taroj qilingan.

Namoyishlar AQSh bo‘ylab yuzdan ortiq shaharlarga tarqaldi. Bugungacha kamida 12 yirik shaharda favqulodda holat e’lon qilingan; 12 shtatda Milliy Gvardiya kuchlari namoyishlarni bostirish uchun jalb qilingan.

Prezident Donald Tramp zo‘ravon namoyishchilar shafqatsiz jazolanishini aytmoqda.

Zo‘ravonliklarni oqlash mumkinmi?

AQShda oq tanli politsiyachilarning qora tanli fuqarolarni asossiz tarzda nishonga olishi va ularga jabr-zulm o‘tkazishi haqidagi da’volar yangilik emas. Qora tanlilarning politsiya qo‘lida asossiz halok bo‘lgani va bunga qarshi namoyishlar ham ilgari ko‘p bo‘lgan.

Umuman olganda, qora tanlilar orasida savodsizlik, qashshoqlik oq tanlilarga qaraganda ancha yuqori va bu narsa Amerika jamiyatida ko‘rinmas irqchilik asoratlari hanuz mavjudligi bilan izohlanadi.

Huquqiy nuqtai nazardan, namoyishchilar qo‘l urgan buzg‘unchilik va zo‘ravonlik holatlarini hech kim oqlamayotgan bo‘lsada, ularning bu xatti-harakati uzoq yillik ayirmachilik va nohaq zulmga qarshi isyon ekanini tushunish lozimligini aytayotganlar bor.

Ya’ni, AQShda bugun qonuniy asosda hech qanday irqchilik va ayirmachilik mavjud bo‘lmasada, qora tanlilarga shubha bilan qarash, ularning jinoyatga boshqa irq vakillariga qaraganda ko‘proq moyil ekani haqidagi stereotiplar to‘la barham topmagan va bu narsa politsiya ishida ham ko‘zga tashlanadi.

So‘nggi voqea ortidan boshlangan zo‘ravon namoyishlarni shu bilan izohlash mumkin.

Fazo tadqiqotlarining zo‘ravonliklarga aloqasi

NASA rahbari kecha kosmosga amalga oshirilgan missiya va mamlakatda bo‘layotgan norozilik namoyishlari o‘rtasida g‘alati bog‘liqlik borligi haqida gapirdi.

Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan asrning 60 yillar oxirida Amerika Oyga odam jo‘natganda mamlakatda iqchilikka qarshi zo‘ravon namoyishlar avj olgan edi. Kecha NASA so‘nggi 10 yilda ilk bor kosmosga astronavt jo‘natdi. Bu ishning birinchi marta xususiy kompaniya tomonidan amalga oshirilganining ahamiyati Oyga ilk bor odam uchirilganidan kam emasligi aytilmoqda. Ayni paytda bu voqea arafasida AQSh yana irqchilik va ayirmachilikka qarshi norozilik namoyishlari iskanjasida qoldi.

Qiziq o‘xshatish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан