Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22.07.2019 17:18,  
11

AQShda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi (AQSh) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil 17 iyul kuni Kenfild shahrida (Ogayo shtati) yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi A.N. vafot etgan.

Qayd etilishicha, vafot etgan shaxs yaqinlariga marhum jasadini vatanga jo‘natishda yordam berish uchun mahalliy hokimiyat organlari tomonidan berilgan hujjatlar asosida Bosh konsulxona tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan va boshqa kerakli jarayonlarni amalga oshirgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya izhor etgan va AQShning 35 shtatidagi, shuningdek, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda +1-212-754-7403 telefon raqamlari orqali mamlakatning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан