Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda o‘limga olib keluvchi xavfli kasallik manbasi topildi
24.10.2021 10:48,  
459

Qo‘shma Shtatlarda o‘limga olib keluvchi kasallikning kutilmagan manbasi — melioidoz topildi. Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi.

AQShning Minnesota, Kanzas, Jorjiya va Texas shtatlarida yashovchi to‘rt nafar kishi Janubi-Sharqiy Osiyo va Shimoliy Avstraliyada ko‘p tarqalgan va ifloslangan yer yoki suv orqali tarqaladigan ekzotik kasallikka chalingan. Oxir-oqibat ikki amerikalik ushbu kasallikdan halok bo‘lgan.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) mutaxassislari tomonidan olib borilgan tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, kasallikning mamlakatda tarqalishiga Hindistonda ishlab chiqarilgan sprey sababchi bo‘lgan.

Ekzotik kasallikka chalinganlar AQShdagi mashhur supermarketlar tarmog‘ida sotiladigan Hindistondan kelgan lavanta va romashka o‘simligidan tayyorlangan spreydan havoni tozalash vositasi sifatida yoki yostiqqa yoqimli hid qo‘shish uchun foydalangan.

Avvalroq AQSh, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Yaponiya shifokorlari butun dunyo bo‘ylab bolalar nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaruvchi kam ma’lum bo‘lgan respirator sinsitial virus (RSV) bilan ommaviy ravishda kasallana boshlagani haqida xabar berishgan edi. Nyu-York shifoxonalaridan birining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limi mudiri Rabia Aganing so‘zlariga ko‘ra, aprel oyida chaqaloqlar va bolalarning yangi virusni yuqtirish holatlari kuzatilgan, shu sababli zudlik bilan reanimatsiya bo‘limlari ishga tushirilgan.

Olimlarning fikricha, koronavirus pandemiyasi RSV tarqalishiga ta’sir ko‘rsatgan va karantin choralari tufayli bolalarda virusga qarshi immunitet shakllanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан