Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda onlayn maktabdagi uy vazifasini bajarmagan o‘smir qamoqqa hukm qilindi
17.07.2020 17:33,  
150

AQShda Michigan shtati sudyasi 15 yoshli qizni sinov muddati paytida karantin tufayli joriy etilgan onlayn maktabda uyga vazifalarini bajarmagani uchun voyaga yetmaganlar qamoqxonasiga yuborish to‘g‘risida qaror chiqardi. Sudyaning qarori esa noroziliklarga sabab bo‘ldi va qizchani ozod etishni talab qilishdi.

Afro-amerikalik o‘spirin may oyining o‘rtalaridan beri hibsda saqlanmoqda.

Yuzlab talabalar «Greys» nomi bilan tanilgan qizni qo‘llab-quvvatlashlarini namoyish qilish uchun uning maktabi va sud oldida to‘plandi.

Shtat oliy sudi payshanba kuni uning ishini qayta ko‘rib chiqishini aytdi.

O‘zi nima bo‘ldi

Greys ismli qizcha o‘tgan yili tajovuz va o‘g‘rilik ayblovi bilan mahkamaga tortilgan. Aprel oyining o‘rtalarida voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha sud uni sinov muddati bilan ozodlikka chiqargan edi. Chiqish shartlaridan biri uy vazifalarini qoldirmasdan bajarish edi.

ProPublica NNTning xabar berishicha, Greysning sinov muddati boshlangan birinchi kunlari darslar onlaynga o‘tkazilgan, u esa kattalarning yordamiz tezda uy vazifalarini bajara olmagan.

May oyining o‘rtalarida Oklend okrugi oilaviy sudi bo‘limida sudya Meri Ellen Brennan Greysni qizni "biron bir maktab ishiga berilmaslik va maktabga tayyorlanmaslikda aybdor" deb topdi va uni avvalgi qo‘yilgan ayblovlar tufayli "jamoatchilikka tahdid" deb atadi.

Detroyt shahrining Pontiak tumanida joylashgan Groves yuqori maktabi talabalari va o‘qtuvchilari payshanba kuni mitingda uni qo‘llab-quvvatladilar va bir necha ming kishi uni ozod qilinishini talab qiluvchi onlayn petitsiyaga imzo chekdilar.

"Bu semestrda juda ko‘p odamlar o‘z ishlarida orqada qolishdi, hech kim hech qanday ish qilishni undashga qodir emas edi, chunki o‘qituvchilar dars bermaydilar va biz barchamiz Internetda edik. Uy vazifalarini bajarmagan odamlarni bilaman", - dedi Reuters agentligi bilan suhbatlashgan 18 yoshli talaba.

Michigan shtati Oliy sudi payshanba kuni o‘spirinning advokatlari shoshilinch tekshiruvni so‘rab iltimosnoma yuborganlaridan keyin Greysning ishini ko‘rib chiqishini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан