Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda ota-ona uydan ko‘chib chiqmagani uchun 30 yashar farzandini sudga berdi
23.05.2018 16:40,  
16

Nyu-York shtatining Sirakyus shahridan bo‘lgan 30 yashar Maykl Rotondoning ota-onasi uyidan ko‘chib chiqib ketmagani uchun o‘z o‘g‘illarini sudga berishdi va ishda yutishdi, deb xabar qilmoqda ABC7 kanali.

Sud qarorini eshitgan Rotondo uni "g‘azablantiruvchi" deb topdi va appelyasiya berishga va’da berdi.

Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, u bir nechta ogohlantirishlardan keyin ham uydan ko‘chib chiqishdan bosh tortgan. O‘g‘ilning aytishicha, qonun nuqtai-nazaridan unga yetarlicha vaqt berilmagan.

Rotondoga ota-onasi hatto u boshpana topishi uchun pul ham taklif etishgan (1100 dollar). Ammo o‘g‘il ularni "kam deb topib" olmagan.

Ota-onaning ta’kidlashicha, Rotondo oila byudjetiga daromad keltirmagan va hatto uy ishlarida yordam berishdan bosh tortib kelgan.

Erkak sakkiz yil oldin ishidan mahrum bo‘lgan va o‘sha vaqtdan buyon ota-onasi bilan yashab keladi. Rotondoning aytishicha, uning internet-saytlar bilan bog‘liq biznesi bor, ammo bu borada u tafsilotlarni hech kimga aytmaydi.

Syracuse.com portalida yozilishicha, ishni ko‘rish davomida sudya Rotondodan "sud qaroriga qarshi chiqishga sarflagan vaqtingizni yangi kvartira izlashga sarflash to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rmaganmisiz?", — degan savol bilan murojaat etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан