Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda robot birinchi marta jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi
31.01.2022 09:02,  
51

AQShda robot birinchi marta odam aralashuvisiz murakkab jarrohlik operatsiyasini amalga oshirdi. Bu haqda «Science Daily» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQShning Jons Xopkins universiteti mutaxassislari STAR nomiga ega bo‘lgan jarrohlik robotini yaratgan.

Ta’kidlanishicha, robot ichakning ikki uchini bog‘lash yoki anastomozni amalga oshirgan, amaliyot cho‘chqada muvaffaqiyatli o‘tgan. Ushbu operatsiyani bajarish juda yuqori darajadagi aniqlikni talab qilishi, chunki jarrohning qo‘li biroz qaltirasa yoki tikuv muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, kuchli og‘riqlarga olib kelishi va ichak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aytilgan.

Laboratoriya xodimlariga ko‘ra, robot allaqachon to‘rtta hayvonni muvaffaqiyatli operatsiya qila olgan. Mutaxassislar yumshoq to‘qimalar jarrohligi ko‘pincha oldindan aytib bo‘lmaydigan jarayon ekani, shuning uchun robotni bunday vaziyatlarga moslashish uchun dasturlash juda qiyinligini aytgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан