Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda Xitoyga qarshi sanksiyalar loyihasi ishlab chiqildi
13.05.2020 13:02,  
563

AQSh Senati Covid-19 tufayli Xitoyga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

The Hill nashrining ma’lum qilishicha, loyiha o‘z ichiga quyidagi sanksiyalarni oladi:

  • - 60 kun ichida Xitoy AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan koronavirus bo‘yicha olib borilayotgan har qanday tadqiqot uchun barcha hisobotlarni taqdim qilishi shart;
  • - Xitoy virus o‘chog‘i bo‘lgan barcha dengiz mahsulotlari bozorlarini yopishi shart;
  • - XXR hukumati epidemiyadan so‘ng Gonkongda qo‘lga olingan norozilik namoyishlari faollarini qo‘yib yuborishi shart.

Agar Xitoy mazkur talablarni bajarmasa, nima bo‘ladi?

  • - Xitoy aktivlari muzlatib qo‘yiladi;
  • - AQShga ma’lum toifadagi xitoylik fuqarolarning kirishi taqiqlanadi;
  • - vizalar bekor qilinadi;
  • - Amerika moliya institutlarining xitoy kompaniyalarini sug‘urtalashi va ularga kreditlar berishi taqiqlanadi;
  • - Xitoy kompaniyalariga o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini Amerika birjalariga joylashtirishi man qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан