Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShda yangi iPhoneʼlar atigi 25 dollardan sotilyapti
17.04.2020 16:36,  
3782

Apple kecha – 15 aprelda yangi avlod iPhone SE smartfonini rasman namoyish etdi. Mazkur ixcham smartfon taqdimoti oldidan dunyo bo‘ylab boshqa iPhoneʼlar arzonlashayotgan edi.

Lekin AQShdagi yirik Straight Talk uyali aloqa operatori e’lon qilgan aksiya hammasidan oshib tushdi. Bu operator yap-yangi iPhone 6s smartfonlarini atigi 25 dollardan sotuvga qo‘ydi!

 

“Bir balosi bo‘lmasa...” degan gap darrov xayolingizga keldi, to‘g‘rimi? Lekin mazkur aksiyaning bittagina “balo”si bor – faqat shu operator xizmatlaridan foydalanish. Straight Talk bunda biror qimmat tarifga ulanishni shart qilib ham qo‘ygan emas. Qoyilmisiz?

Operatorning ta’kidlashicha, aksiya doirasida 25 dollardan sotiladigan iPhone 6sʼlar soni cheklangan. Mazkur smartfonning haqiqiy narxi esa AQShda 99 – 149 dollar orasida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан