Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShdan O‘zbekistonga charter reyslar qo‘yildi
24.06.2020 11:19,  
302

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ertaga, 25 iyun kuni quyidagi charter reyslar tashkil etiladi. 

  • Toshkent – Moskva – Toshkent
  • Toshkent – Nyu-York (Charter reys 26 iyun kuni Nyu-Yorkdan Toshkentga qaytadi)

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohshiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishi mumkin

Bugun, 24 iyun kuni Tel-aviv – Toshkent – Tel-aviv hamda Toshkent – Novosibirsk – Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан