Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShlik olimlar koronavirus Xitoyda 2019 yil avgust oyida chiqqanini iddao qilishmoqda
9.06.2020 17:52,  
334

AQShning Garvard tibbiyot maktabi va Boston sog‘liqni saqlash universitetining olimlari koronavirus infeksiyasi Xitoyda 2019 yilning avgust oyidayoq chiqqanini aytishmoqda. Bu haqda CNN kanali xabar berdi.

Olimlar 2018 yil 9 yanvardan 2020 yil 30 aprelgacha bo‘lgan muddatdagi Uxandagi tibbiyot birlashmasi avtoturargohining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari va qidiruv so‘rovlarini kuzatishdi.

Aniqlanishicha, 2019 yil avgust oyidan kasalxonada avtoturargohida avtomobillar soni keskin ortgan. Eng ko‘p avtomobillar 2019 yilning dekabrida kuzatilgan.

Bundan tashqari, Xitoyning Baidu qidiruv tizimida foydalanuvchilar "yo‘tal" va "diareya" so‘zlarini infeksiya rasman chiqishidan uch hafta oldin eng ko‘p qidirishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан