Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va DFC bosh ijrochi direktori O‘zbekistonga keladi 
29.06.2020 15:42,  
54

2020 yilning 29 iyun – 1 iyul kunlari AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boyler O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak uchrashuvlar davomida Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralari jarayonini qo‘llab-quvvatlash masalalari, DFC mablag‘larini O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, AQSh delegatsiyasi 30 iyun kuni videokonferensaloqa orqali bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – AQSh» («C5+1») shaklidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан