Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShning bosh infeksionisti pandemiya tezlashishini taxmin qildi
10.07.2020 13:59,  
624

AQShning Koronavirusga qarshi kurash ishchi guruhining bosh mutaxassisi Entoni Fauchi dunyo COVID-19 pandemiyasining boshlang‘ich bosqichida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Biz Braziliyada, Janubiy Afrikada va hozir Osiyoda koronavirusning jiddiy avj olganini ko‘rmoqdamiz, shuning uchun biz global pandemiyaning boshidamiz", - dedi yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis.

U JSSTning virus tarqalishini nazorat qilishdagi rolini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot, ba’zi kamchiliklarga qaramay, dunyoga kerak.

Bundan tashqari, Fauchi pandemiyaga qarshi kurashishda barcha davlatlar tomonidan muvofiqlashtirilgan harakatlar zarurligini ta’kidladi. Yuqumli kasallik mutaxassisi koronavirus mavzusining siyosatlashtirilayotganini tan oldi va bu vaziyatga zarar yetkazishini qo‘shimcha qildi.

Dunyoda koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari soni 12 millionga etdi, 544 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан