Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShning eng yirik aviakompaniyasi Boeing 737 Max ekspluatatsiyasini qayta tiklamoqda
18.10.2020 18:50,  
70

2019 yilda AQShning aviaparklar hajmi va parvozlar soni bo‘yicha eng yirik aviakompaniyasi American Airlines muammoli bo‘lgan Boeing 737 Max’ni yil oxirigacha xizmatga qaytaradi – agar regulyatorlar tasdiqlasa, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Avvaliga American Airlines 737 Max samolyotlarni faqat Mayamidan Nyu-Yorkkacha bo‘lgan yo‘nalishda foydalanadi. Bu reys 29 dekabrdan 4 yanvargacha kuniga bir marta yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘lovchilar aynan Boeing 737 Max’da uchishlari oldindan ogohlantiriladi.

Keyinchalik Boeing 737 Max kengroq foydalanilishi AQSh Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) qaroriga bog‘liq.

Avvalroq AQSh Kongressi Vakillar palatasining komissiyasi: 346 kishi halok bo‘lgan Boeing 737 Max modeli bilan sodir bo‘lgan ikkita baxtsiz hodisa Boeing va FAA tomonidan qo‘pol xavfsizlik buzilishi oqibatida kelib chiqqani haqida xulosa bergan edi.

Boeing uchun asosiy havo layneri bo‘lgan 737 Max foydalanishdan olingach, so‘nggi 20 yil ichida ilk bor kompaniya yilni yo‘qotish bilan yakunlagan edi.

Amerikalik regulyator Boeing 737 Max’ga iyun oyida sinov parvozlarini tiklashga ruxsat berdi. Yevropa regulyatori sentyabr oyida samolyot xavfsizligini e’lon qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан