Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShning immigratsiya agentligi falajlandi
7.07.2020 09:26,  
266

AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmatlari agentligi (USCIS) keyingi oydan boshlab 13 mingdan ortiq xodimini vaqtinchalik ishdan bo‘shatmoqda. Bu jami ishchilarning 70 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Ishdan bo‘shatilganlar kamida bir oy, ko‘pi bilan uch oy haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilgan.

Sabab - moliyaviy yetishmovchilik. Idoraning yillik byudjeti qariyb 15 milliard dollar. Bu xarajatlarning 97 foizi arizachilardan olinadigan to‘lovlardan qoplanadi. Pandemiya bois immigratsiya xizmatlari uchun murojaatlar kamayib ketgan va natijada idoraga tushum qisqargan.

Agentlik o‘z ishini davom ettirib turishi uchun Kongressdan 1,2 milliard dollar ajratishni so‘ragan. Arizalar uchun xizmat haqini 10 foizga oshirib, bu pulni davlatga yana qaytarib berish taklif qilingan. Kongress masalani hali ko‘rib chiqqani yo‘q.

Tanqidchilar agentlikda yuzaga kelgan muammolarda Trampning immigratsiya siyosatini ayblamoqda. Tramp AQShda immigrantlar sonini kamaytirishga ahd qilgan.

Agentlik ishining deyarli to‘xtab qolishi AQShga immigratsiya qilish niyatidagi xorijliklarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, endi ularning hujjatlari ko‘rib chiqilishi uzoq muddatga kechikishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан