Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShning Project Hope tashkiloti O‘zbekistonga 600 ming dollarlik yordam yubordi
3.07.2020 14:50,  
125

Project Hope xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti (AQSh) koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish doirasida O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligiga tayanib Daryo.uz xabar berdi.

Uzbekistan Airways'ning maxsus borti orqali 30 iyun kuni umumiy qiymati 600 ming dollarga teng individual himoya vositalari, antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar, 20 mingga yaqin koronavirusni aniqlovchi testlar, shuningdek, defibrillyator va kardiomonitorlar olib kelingan.

Iyul oyining boshlarida Amerikaning Globus Relief notijorat tashkiloti yana 800 ming dollarlik yukni — 2 mingdan ortiq tibbiy buyumlar o‘rin olgan ikkita konteynerni O‘zbekistonga yuborishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Amerikadagi yana bir nodavlat tashkilot O‘zbekistonning muhtoj aholisiga oziq-ovqat mahsulotlarini — 400 ming dollarlik un, guruch, yog‘, shakar, tuz va go‘sht mahsulotlarini yuborish bo‘yicha loyihani ishga tushirgan.

Barcha mahsulotlar O‘zbekistondagi bozorlar va supermarketlardan xarid qilinadi hamda butun respublika bo‘ylab tarqatiladi, xususan, Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan Sirdaryo aholisiga ham.

O‘zbekistonga umumiy qiymati 1,8 million dollarga teng insonparvarlik yordamini ko‘rsatish borasidagi kelishuv respublikaning Vashingtonda bir qator Amerika xayriya tashkilotlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida erishilgan.

Avvalroq O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi Sardobaga 30 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, AQSh hukumati va Xalqaro taraqqiyot agentligi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yaqindan ko‘mak bermoqda. Xususan, agentlik O‘zbekistonga fevral, mart va aprel oylarida yordam ko‘rsatdi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19’ga qarshi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi, buning 2,07 million dollari esa O‘zbekistonga berildi. Shuningdek, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar doirasida AQSh hukumati USAID orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratishi ma’lum qilindi. USAID pandemiya vaqtida Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari himoyasi uchun 2 million dollar ajratadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан