Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AQShning yangi elchisi o‘zbek tilida O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi (video)
22.05.2019 22:27,  
6

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi AQSh elchisi Daniyel Rozenblyumning o‘zbek xalqiga murojaati yozilgan videoni ulashdi.

AQShning yangi elchisi Daniyel Rozenblyum o‘zbek tilida bu lavozimga «O‘zbekiston tarixidagi eng muhim va qizg‘in davri»da tayinlanganini aytib o‘tgan.

«Amerika prezidenti tomonidan O‘zbekistonga navbatdagi AQSh elchisi etib tayinlanganim men uchun katta sharafdir, — deydi elchi o‘zbek tilida. — O‘tgan 30 yil davomida menga Sharqiy Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyoda o‘qish va ishlash baxti nasib etdi».

Elchi Shavkat Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlarini, ayniqsa ta’lium sohasidagi tashabbuslarini olqishladi.

«Xalq kelajagi uchun yoshlar ta’lim-tarbiyasidan muhimroq narsa yo‘q. Men o‘zbek xalqining dunyoga mashhur mehmondo‘stligi, nihoyatda boy tarixi va madaniy merosi haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lishni hamda go‘zal yurtingizga rafiqam Sheron, o‘g‘lim Jona va qizim Liana bilan borishni intizorlik bilan kutyapman. Tez orada sizlar bilan uchrashishga umid qilaman. Omon bo‘linglar», — deydi Daniyel Rozenblyum.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан