Argentinada 374 nafar shifokorda koronavirus aniqlandi

Argentinada 374 nafar shifokorda koronavirus aniqlandi

Argentina sog‘liqni saqlash tizimida ishlayotgan 374 nafar xodimda Covid-19 koronavirusi qayd etildi. Bu mamlakatdagi umumiy bemorlarning 14 %ini tashkil qiladi, deydi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

«Koronavirus tasdiqlangan 2669 kishidan 374 yoki umumiy holatlarning 14 foizi tibbiyot xodimlari hissasiga to‘g‘ri keladi», - deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Karla Vissoti.

Shu vaqtga qadar koronavirusdan 3 nafar shifokor vafot etgan.

Argentina hukumati 20 mart kuni mamlakatda yangi koronavirus tarqalishi munosabati bilan mamlakatda majburiy karantin joriy etdi. O‘tgan juma kuni karantin 26 aprelgacha uzaytirildi.