Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Argentinada koronavirusga chalinganlar soni 100 mingga yetdi
13.07.2020 09:11,  
34

Argentinada COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga chalinganlar soni 100 ming kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda. 

"Bugun 2657 ta yangi holat qayd etildi va koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 100 166 kishiga yetdi", - deyiladi SSV bayonotida.

Hozirda 735 nafar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, ular jonlantirish (reanimatsiya) bo‘limiga yotqizilgan. 

Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 1845 kishini tashkil qiladi.

JSST Janubiy Amerikani koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylanganini qayd etgan. Argentinada vaziyat yomonligiga qaramay, u yerda qo‘shnilariga nisbatan kamroq infeksiya qayd etilgan.

Jon Xopkins univeristeti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya (1,8 mln), Peru (326 ming), Chili (315 ming), Kolumbiya (145 ming) koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha Argentinadan oldinda turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан