Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Armaniston Ozarbayjonni fosforli bomba qo‘llashda aybladi. Boku esa uni rad etdi
31.10.2020 17:50,  
328

Armanistondagi inson huquqlari himoyachisi Arman Tatoyanning ta’kidlashicha, Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro zonasida harbiy harakatlar paytida oq fosfirli bombalardan foydalangan. Obmudsman o‘z izlanishlari haqida Facebook sahifasida xabar qildi, deb yozmoqda Meduza nashri.

Ozarbayjon hozirgi kungacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra Tog‘li Qorabog‘ga qarshi fosforli o‘q-dorilarni fuqarolar yashaydigan aholi punktlari yaqinidagi o‘rmonlarga o‘t qo‘yib ishlatmoqda. Ko‘plab fuqarolar ushbu o‘rmonlarda Ozarbayjon qurolli kuchlarining o‘q va hujumlaridan yashiringan.

Arman Tatoyan fosforli o‘q-dorilarning ishlatilishini ko‘rsatadigan videoni ham sahifasiga joylashtirdi.

Fosfirli bombalar qo‘llanishi haqida Tog‘li Qorabog‘ mudofaa armiyasi ham iddao qilmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi fosforli qurol haqidagi da’volarni asossiz deb atadi. "Ozarbayjon armiyasi xalqaro huquq tomonidan taqiqlangan qurol va o‘q-dorilar bilan qurollanmagan", - deyiladi vazirlik xabarida.

Oq fosfor ishlatilgan o‘q-dorilar 1949 yilgi Jeneva konvensiyasiga qo‘shimcha protokol bilan taqiqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан