Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Armaniston Qorabog‘da 90 ming kishi qochqin bo‘lganini bildirdi
24.10.2020 05:58,  
361

Armaniston tashqi ishlar vaziri Zohrab Mnatsakanyan Qorabog‘da 90 ming kishi qochqinga aylanganini da’vo qilmoqda. Unga ko‘ra, ko‘pchilik o‘z uylaridan ayrildi, 8 ming infratuzilma ob’yektlarini vayron qildi.

“Tog‘li Qorabog‘ning shaharlari va qishloqlari doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda - quruqlik, havo bombardimoni. Taxminan 90 ming kishi qochoqqa aylandi”, - dedi janob Mnatsakanyan Vashingtondagi nutqi paytida. U Bokuning fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutishda ayblashini "umuman ahamiyatsiz" deb hisoblaydi.

Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida to‘qnashuvlar 27 sentyabrda boshlandi. Tomonlar sulh to‘g‘risida ikki marta kelishib oldilar va keyinchalik uni buzdilar. 23 oktyabr kuni Vashingtonda Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari uchrashdi. Yerevan muzokaralarni samarali deb atadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан