Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Armaniston va Ozarbayjon yana sulh haqida kelishib oldi
18.10.2020 11:33,  
399

Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da 18 oktabr yarim tundan boshlab insonparvarlik sulhini joriy etishga kelishib oldi. Bu to‘g‘rida ikkala mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari bayonet bilan chiqdi. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (TQR) Tashqi ishlar vazirligi sulh shartlarini bajarishga tayyorligini e’lon qildi.

Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari bir xil bayonotlarni e’lon qilishdi. Ular qaror Rossiya, Fransiya va AQSh prezidentlarining 1 oktabrdagi bayonoti va YeXHT Minsk guruhi hamraislarining 5 oktabrdagi bayonotiga, shuningdek, 10 oktyabr kuni Moskvada erishilgan kelishuvlarga muvofiq qabul qilinganligini ko‘rsatmoqda.

10 oktyabrdagi sulh shartlariga ko‘ra, mojaro ishtirokchilari Xalqaro Qizil Xoch mezonlariga muvofiq mahbuslar va o‘liklarning jasadlarini almashishlari, shuningdek, YeXHT Minsk guruhi vositachiligidagi mazmunli muzokaralarga o‘tishlari kerak edi. Shu bilan birga, muzokara formatlari o‘zgarmadi.

"Arsax Respublikasi (Tog‘li Qorabog‘ning armancha nomi – Sof.uz) Moskvaning 2020 yil 10 oktyabrdagi bayonoti va 17 oktyabrda erishilgan kelishuvlarga muvofiq gumanitar sulh shartlariga o‘zaro asosda rioya qilishga tayyorligini tasdiqlaydi", - deyiladi TQR TIV veb-saytida.

Kecha Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Zohrab Mnatsakanyan bilan telefon orqali suhbatda Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlarining Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan bayonotining dolzarbligini tasdiqladi.

Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro 27 sentyabr kuni avj oldi. 10 oktyabrdagi sulh shu kuni buzilgan edi. Armaniston va Ozarbayjon bir-birini mojaroni avj oldirishda ham, sulh bitimini buzishda ham ayblashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан