Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Armanistonda yangi prezident saylandi
3.03.2022 17:35,  
115

Armaniston parlamenti ovoz berishning ikkinchi turida respublikaning yangi prezidentini sayladi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar bermoqda.

Ovoz berish jarayonida prezident etib yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Vaagn Xachatryan saylandi. Uning nomzodi uchun 71 deputat – hukmron «Fuqarolik shartnoma» fraksiyasining barcha vakillari ovoz berdi.

Qayd etilishicha, Armanistonning beshinchi prezidentining inauguratsiyasi parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi.

Avvalgi prezident Armen Sarkisyan shu yilning yanvar oyida iste’foga chiqiishini ma’lum qilgandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан