Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Armen Sarkisyan kimni aldamoqchi bo‘lyapti?
22.10.2020 10:25,  
1466

CNN muxbiri bilan jonli yoyinga chiqqan Armaniston prezidenti ko‘zlarini lo‘q qilib, hech tap tortmasdan yolg‘onlarni qalashtirib tashlabdi. Muxbirning "Armaniston qo‘shinlarini Tog‘li Qorabog‘ (TQ)dan olib chiqib ketadimi?" degan savoliga javobidan og‘zim lang ochilib qoldi. Emishki, bu savolni Tog‘li Qorabog‘ aholisidan so‘rash kerakmish. Chunki, ular ming yillardan beri o‘z tuproqlarida yashab kelayotganmish. Sarkisyan "armanlar TQda sovet davrida ham aholining 95 foizini tashkil qilgan" devorishdan toymadi.

Yerevan aslida ozarbayjonlar rivojlantirgan shahar bo‘lib, 1828 yili O‘rusiya va Qajar Eroni o‘rtasidagi sulh bitimiga ko‘ra o‘rislarga o‘tgani, Erondan 20 mingdan ko‘p armani shimolga ko‘chirilib, ozarbayjonlarning ko‘pchiligi hozirgi Turkiya tarafga ketishga majbur qolgani haqida oldin ham yozgandim. Natijada, Yerevanda 1830 yili armani aholi nisbati 34 foizgacha ko‘tarilgan. 

Musulmonlar asta-sekin siqib chiqarilishi oqibatida hozir Yerevan bitta millat yashaydigan dunyodagi yagona shaharga aylangan. Armanilar boshkent aholisining 99 foizini tashkil qilib, bittayam musulmon yo‘q. So‘nggi ikki ming ozarbayjon esa 1988-89-yillardagi milliy nizolardan keyin Yerevandan chiqib ketgan. 

Men Wikipediada butunittifoq aholi ro‘yxatlari natijalariga qaradim. Ozariylar 1979 yili TQ aholisining 23 foizini, 1989 yili esa 21,5 foizini tashkil qilgan. Sarkisyan aytganidek, u paytlar armanilar 95 foiz bo‘lmagan. Lekin, hozirgi kunda jami aholisi 150 ming bo‘lgan TQ aholisi 100% armanilardan iborat. 28 sentabrdan beri ozariylar olib borayotgan ozodlik urushidan keyin aholining yarmi Armanistonga ko‘chib ketishga ulgurdi.

Buni "qilmish-qidirmish" deydilar.

Ilova: Sarkisyanning yolg‘onlari ko‘rsatilgan TQ aholi demografiyasi bo‘yicha raqamlar

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан