Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Arqadag‘” O‘zbekistonga qachon kelishi aniq bo‘ldi
2.10.2021 10:26,  
234

Joriy yilning 4-5 oktyabr kunlari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Turkmaniston davlat teleradiokompaniyasi bu haqda Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida aytildi, deb xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tayyorgarlik jarayoni haqida ma’lumot bergan.

Gurbanguli Berdimuhamedov ikki qo‘shni davlatning barcha jabhalarda samarali munosabatlarni yanada rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborini mamnuniyat bilan qayd etib, hukumat raisi o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziriga bo‘lajak rasmiy tashrifiga yuqori tashkiliy tayyorgarlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Tashrif davomida yuqori darajadagi turli tadbirlar, xususan, turkman-o‘zbek iqtisodiy forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан