Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Artel maktabi direktori Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
25.11.2020 12:07,  
371

Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i – Toshkent shahar hokimining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kozimjon Hasanov 1978 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. U 1997 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini, 2000 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2004 yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U turli yillarda Birlashgan Millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi o‘quv ishlari koordinatori, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxus, kasb-hunar ta’limi markazi va qator xususiy maktablarda rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Kozimjon Hasanov shu vaqtga qadar Artel Technical School xususiy maktabi direktori lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан