Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Arzon sovg‘a berding" deb talabalarga po‘pisa qilgan BuxDU o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi
14.03.2021 10:01,  
475

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisini 8 mart bayramiga talabalar tomonidan berilgan 200 ming so‘m pul va gul uchun "juda arzon sovg‘a" deb po‘pisa qilgani haqida video va xabarlar paydo bo‘ldi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shu kunning o‘zida bu masalaga e’tibor qaratdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘rganishlardan so‘ng, mazkur o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq bekor qilindi.

"Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati tizimda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi hamda manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va shu kunlarda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi "komplayens nazorat" tizimi joriy etilayotganini ma’lum qiladi.

 Jamoatchilik nazoratini amalga oshirgan ijtimoiy tarmoqlar vakillari va talabalarimizga minnatdorchilik  bildiramiz va bu holat barcha oliy ta’lim muassasalarida muhokama qilinishini ma’lum qilamiz", - deyilgan vazirlik xabaridan. 

Mazkur tezkor jazo chorasi haqida troll.uz telegram kanali blogeri "Qani endi katta-katta o‘g‘rilar, gaz, chiroq, monopoliya masalalari ko‘tarilganda shunday tez chora ko‘rilsa. O‘qituvchiga kelganda bir kunga bormay hal bo‘ladi-ya. Qoyil", - deb yozib qoldirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан