Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Asaka tumanida sodir bo‘lgan YTHda tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi vafot etdi
12.01.2021 09:52,  
647

Asaka—Marhamat yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida Asaka tuman tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi haydovchisi vafot etgan. 

“Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, YTH 2021-yilning 10-yanvar kuni soat 19:10 da sodir bo‘lgan.Asaka—Marhamat yo‘lida harakatlanib kelayotgan tez tibbiy yordam bo‘limi mashinasi qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan. Natijada 1978-yilda tug‘ilgan tez tibbiy yordam bo‘limi haydovchisi Sh.H. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Bo‘lim feldsheri Yo.Q. esa bosh miya chayqalishi, burun ustki sohasi shilinishi jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlaridan birining aytishicha, ushbu brigada soat 18:29 da “Ne’matobod” mahallasida yashovchi fuqarolardan kelgan murojaatga asosan chaqiruvga chiqqan bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан