Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Asakadagi zavodda elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
18.06.2021 12:26,  
299

Asakadagi zavodda elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda viloyat faollari bilan o‘tkazilayotgan  yig‘ilishda Prezident ma’lum qildi.

«Viloyatda 105 gektar yerda «Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi» maxsus zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladim. «O‘zavtosanoat» tomonidan ushbu Sanoat xabida 2021-2023 yillarda 80 mln dollar investitsiya evaziga, 8 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 Jumladan, loyihalar doirasida cho‘yan detallarni quyish, ularga mexanik ishlov berish, rezina jipslovchi detallar, avtomobil oyna tozalagichlari, shassi uchun prujinalar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

«Kecha men shuningdek elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriq berdim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari «O‘zavtosanoat» (Umurzoqov) va «Eltexsanoat»ga (Yunusov) bir oy muddatda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqib, taqdimot qilish vazifasini yukladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан