Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Ashxobod» sayilgohi iste’molchilar moddiy zarar ko‘rishiga sabab bo‘lgan, bu mablag‘lar qaytarilishi lozim
28.05.2021 11:53,  
225

O‘tgan yilning dekabr oyida Ashxabod sayilgohi faoliyati bo‘yicha ya’ni reklamada va’da qilingan shartlar yangi yil bayrami (2020 yilning 25-27 dekabr) kunlarida ta’minlanmaganligi to‘g‘risida Potrebitel.uz guruhida iste’molchining shikoyati qoldirilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ushbu masalani o‘rganib chiqdi. 

O‘rganishlarda sayilgohga tashrif buyuruvchilarni chalg‘ituvchi noto‘g‘ri va noaniq ma’lumotlarni reklama bannerida joylashtirgani, oqibatda sayilgoh tomonidan iste’molchilar huquqlari va reklama to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik normalari buzilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq (6-moddasi) ijrochi iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan ish va xizmatlar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Agentlik komissiyasining qarori asosida va qonun hujjatlariga muvofiq “J-United Group» MChJ ijtimoiy tarmoq posti muallifiga, shuningdek, 2020 yilning 25-27 dekabr kunlari noto‘g‘ri reklama olgan boshqa iste’molchilarga ham pul mablag‘lari ko‘rinishidagi yetkazilgan moddiy zarar (faqat kirish uchun) qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi. O‘z navbatida sayilgoh ma’muriyati ushbu qaror va chiqarilgan ko‘rsatmadan noroziligini bildirib, qonuniy huquqlaridan foydalangan holda sudga murojaat qildi. 17 may kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida mazkur ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Agentlik tomonidan qabul qilingan qarorni o‘z kuchida qoldirish va “J-United Group” MChJga chiqarilgan ko‘rsatmani ijro etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан