Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ashxobod xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingida yetakchilik qildi. Toshkent esa 203-o‘rindan joy oldi
23.06.2021 12:25,  
205

Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi chet ellik ishchilar yashashi uchun eng qimmat bo‘lgan dunyo shaharlari reytingini tuzdi, deb yozadi CNN.

Reytingda Turkmanistonning Ashxobod shahri yetakchilik qilmoqda. O‘tgan yili shahar ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda turgan edi. Ta’kidlanishicha, Ashxobodda yashashning qimmatlashishi uzoq davom etayotgan moliyaviy inqiroz oqibatida yuzaga kelgan oziq-ovqat taqchilligi va giperinflyasiya bilan bog‘liqdir.

Eng qimmat shaharlarning birinchi o‘nligidan asosan yirik ishbilarmonlik markazlari o‘rin oldi: Ashxoboddan keyingi o‘rinlarda Gonkong, Bayrut, Tokio, Syurix, Shanxay, Singapur, Jeneva, Pekin va Bern joylashdi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Bayrut bir yil ichida ro‘yxatning 45-pog‘onasidan uchinchi pog‘onasiga chiqib oldi. Mercer buni Livandagi iqtisodiy inqirozning rivojlanishi bilan bog‘lamoqda, u koronavirus pandemiyasi va Bayrut portidagi portlash (2020 yil avgustida) tufayli chuqurlashib ketdi.

Yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida, xususan, Nyu-York —14, London — 18, Parij — 33, Dubay — 42, Moskva — 62-o‘rinlarda joylashdi. Shuningdek, Toshkent — 203, Olmaota — 193, Bishkek esa eng so‘nggi — 209-o‘rinni egalladi. Bishkekdan oldinda Lusaka, Tbilisi, Tunis, Braziliya shaharlari joylashdi.

Reyting tuzishda 209 ta yirik shaharlardagi turar joy, transport, ovqatlanish, kiyim-kechak, ko‘ngilochar faoliyatlar va xizmatlar narxlari, shuningdek, u yerda qo‘llaniladigan milliy valyuta kurslarining tebranishlari kabi omillar hisobga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан