Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ashxobodda 2020 yili Alabay itiga haykal o‘rnatiladi
8.11.2019 10:20,  
329

2020 yili Turmaniston poytaxti Ashxobodda turkman it zoti Alabayga haykal o‘rnatiladi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Alabay haykali ochilishi rejasi haqida prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning poytaxtdagi qurilish ob’yektlariga tashrifi vaqtida ma’lum qilindi.

"Yaratiladigan haykalda mashhur it zotining o‘ziga xos jihatlari namoyon bo‘lishi kerak", degan prezident Berdimuhamedov.

Alabay zamonaviy Turkmanistonning timsollaridan biriga aylangan. 2017 yilgi Osiyo o‘yinlarining timsoli ham Alabay it zoti bo‘lgan.

2019 yil bahorida Berdimuhamedov Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Bosh vazir Dmitriy Medvedovga zotdor Alabay itini sovg‘a qilgan edi.

Berdimuhamedov Alabay it zoti haqida alohida kitob ham yozgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан