Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Asia Alliance Bank» 45 mlrd. so‘mlik korporativ obligatsiya chiqardi
29.06.2020 14:10,  
130

2020 yilning 24 iyunida «Toshkent» Respublika fond birjasida «ASIA ALLIANCE BANK» ATBning 45 mlrd. so‘mlik korporativ obligatsiyalari joylashtirilishi yakunlandi. Bu ro‘yxatga olingan obligatsiyalarning 90% dan ortig‘ini tashkil etadi, deb xabar beradi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB chiqargan korporativ obligatsiyalarning ro‘yxatdan o‘tgan hajmi 50,0 mlrd so‘mni tashkil etadi. Nominal qiymati – 1,0 mln. so‘m, muomala muddati – 7 yil (yoki joylashtirilgan kundan boshlab 2557 kun). Ushbu obligatsiyalarning daromadliligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga yiliga + 4% ni tashkil etadi. Obligatsiyalar bo‘yicha choraklik foiz to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan. Obligatsiyalar «Toshkent» RFB listingiga kirib, ochiq aylanishi mumkin.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB ning 100% aksiyalariga O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi.

Avvalroq bank yaponiyalik investorlarga sotishi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан