Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Assanj tarafdorlari London sudi binosi oldida to‘planishmoqda
24.02.2020 15:54,  
120

WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning tarafdorlari dushanba kuni ertalab Londondagi Vestminster Magistratura sudida to‘planishdi, deb RIA Novosti xabar bermoqda.

Sud jarayoniga  shaxsan Assanjning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Sudlanuvchini qo‘llab-quvvatlash uchun bir necha o‘nlab odamlar uning ozod qilinishini talab qilib kelishdi.

Dekabr oyida sud WikiLeaks asoschisini ekstraditsiya qilish bo‘yicha muhokamasini, yanvar va fevral oylarida texnik uchrashuvlarni tayinlash tartibini belgiladi. Mahkama jarayoni fevral oyi oxiriga rejalashtirilgan.

2010 yil Shvetsiyada jinsiy zo‘rlashda ayblangan Assanj 2012 yil iyun oyidan beri Londondagi Ekvador elchixonasida Skandinaviya mamlakatiga topshirilishidan qo‘rqib yashiringan edi. 

2019 yil 11 aprel kuni esa u AQSh talabiga binoan hibsga olingan. London sudi uni garov shartlarini buzganlikda aybdor deb topdi va 11 oy qamoq jazosiga hukm qildi. Ekstraditsiya muhokamasi 2 mayda boshlandi.

AQSh rasmiylari may oyi oxirida Assanjni yangi 17 ta epizodda, jumladan josuslik to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda va maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlikda ayblagan. Assanj AQShga ekstraditsiya qilinadigan bo‘lsa, u uzoq yillarga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан